Jahon | 10:31 / 28.03.2016
2719
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston mudofaa vaziri favqulodda tekshiruv o‘tkazdi

Qozog‘iston respublikasi Oliy bosh qo‘mondoni N. Nazarboyev buyrug‘iga asosan, 27 mart yarim tunda Jambil viloyati harbiy qismlari trevoga (xavfni bildiruvchi signal) bilan uyg‘otilib, yuqori harbiy tayyorlik holatiga keltirilgan.

Ushbu tekshiruv chog‘ida, mamlakat mudofaa vaziri Imangali Tasmagambetov viloyatdagi harbiy qismlar va «Teris-Ashibulak» poligonining harbiy tayyorgarlik va imkoniyatlarini ko‘zdan kechirgan.

Harbiy bo‘linmalar, belgilangan vaqt ichida o‘z qismlaridan «Teris-Ashibulak» poligoniga yetib borib, belgilangan vazifalarni ado etishgan.

Kutilmagan tekshiruvdan asosiy maqsad, deb xabar qiladi «Nur.kz», harbiy qism va bo‘linmalarning teraktlar yoki favqulodda holatlarda harakatlari uyg‘unligini baholash hamda suv havzalari va tog‘li hududlarda o‘z vazifalarini qay darajada bajara olishini aniqlashdan iborat bo‘lgan.