Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:25 / 28.03.2016
2400
1 daqiqa o‘qiladi
Ruminiyalik futbolchilar Ispaniyaga qarshi o‘yinga raqam o‘rniga tenglamalar bitilgan futbolkalarda chiqib kelishdi
Futbol bo‘yicha Ruminiya terma jamoasi futbolchilari Ispaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda liboslari ortidagi raqam o‘rniga matematik misol bilan chiqishdi.
Mahalliy futbol federatsiyasi bu orqali mamlakatdagi bolalarning ta'limga e'tiborini oshirishni rejalashtirgandi.
«Biz mamlakatimiz yoshlari sog‘lom va aqlli bo‘lishini istaymiz», deydi RFF prezidenti Rezvan Burlyanu.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish