Jamiyat | 23:11 / 28.03.2016
1989
2 daqiqa o‘qiladi

Saratovda narkobiznes bilan shug‘ullangan 5 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Saratov viloyat sudi Rossiya hududida geroin sotish bilan shug‘ullangan uyushgan to‘dani tashkil etish va unda ishtirok etishda gumon qilinayotgan 5 nafar o‘zbekistonlikning hibsga olinishiga ruxsat berdi. Bu haqda viloyat narkotiklarni nazorat qilish boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Elina Chernayaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, uyushgan jinoiy to‘da Saratov, Ivanova viloyatlari va Rossiyaning boshqa hududlarida narkotiklarni yetkazib berish va sotish bilan shug‘ullangan. Narkopolitsiyachilarning aniqlashicha, to‘da tarkibiga Rossiyaga maxfiy joylarga berkitilgan geroinni sotish uchun kelgan o‘zbekistonliklar ham kirgan.

"To‘dadan 3 kg geroin tortib olingan, narkotiklar sotish bilan bog‘liq 10 ga yaqin jinoyat hujjat bilan tasdiqlangan", deb aytdi Chernaya.

Uning aytishicha, tergov to‘daning tashkilotchisi xorijda bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

"Ma'lum bo‘lishicha, to‘da uyushgan guruhlardan tashkil topgan va hibsga olingan besh kishidan 2 nafari to‘da ichidagi guruh tashkitlotchisi, qolganlari a'zolari bo‘lgan", deb aytdi Chernaya va hibsga olinganlarning yoshi 25 dan 27 gacha ekanligini qo‘shimcha qildi.

Ushbu holat yuzasidan "jinoiy to‘dani tashkil etish va unda ishtirok etish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, unga ko‘ra 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan.