17:33 / 28.03.2016
3150

Toshkentda o‘tkazilgan karate-do bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Toshkentda an'anaviy karate-do bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Sharq yakkakurashlari va jang san'atlarini rivojlantirish markazi hamda An'anaviy karate-do federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar kata va kumite bo‘yicha bahslashdi.

Musobaqada Otabek va Asadbek Rajabboyevlar, Davlatjon O‘roqboyev, Asilbek Farmonov, Abdulloali Tursunov, Shohimardon Halimov, Dilfuza Meliboyeva, Iroda O‘roqboyeva, Nargiza Esoyeva, Dilshoda Aliakbarova kabi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Top