17:12 / 29.03.2016
1516

A-320 samolyotini garovga olgan shaxs samolyotga yoqilg‘i quyib, Turkiyaga uchishni talab qildi

Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A320 samolyotini Aleksandriyadan Qohiraga uchish vaqtida garovga olgan va Kiprdagi Larnaka aeroportiga qo‘ndirgan shaxs samolyotga yoqilg‘i quyishni, shundan so‘ng Turkiya tomon uchishni talab qildi. Bu haqda Sky News Arabia xabar bergan.

Bundan oldin, Misr samolyotini olib qochgan shaxs uchuvchidan Istanbulga uchishni talab qilgani, lekin uchuvchi yoqilg‘i yetishmasligi tufayli samolyotni Kiprdagi Larnaka aeroportiga qo‘ndirgani haqida xabar berilgandi.

Bu voqea davomida avvaliga samolyotni Iskandariya va Atlanta universitetlari professori Ibrohim Samaha olib qochgani haqida aytildi. Keyinroq adashuv yuz bergani ma'lum bo‘lib, aviaqaroqchining ismi sharifi Sayf ad-Din Mustafo ekani aniqlandi.

Samahaning o‘zi ayblovlarni rad qilib, bortni boshqa yo‘lovchilar bilan birga tark etganini bildirdi. Uning rafiqasi ham eri jinoyatga aloqador emasligini tasdiqladi.

Top