16:39 / 29.03.2016
1308

A320 samolyotini garovga olgan shaxs Ibrohim Samaha emasligi ma'lum qilindi

Misr hukumati professor Ibrohim Samahadan unga A320 samolyotini o‘g‘irlash bo‘yicha qo‘yilgan ayblov uchun uzr so‘radi. Bu haqda RIA Novosti Misr bosh vazirining matbuot xizmati tarqatgan xabarga asoslanib, ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, Misr prezidentining vakili samolyotni garovga olgan shaxsning ismi aslida boshqacha ekani, u Sayf ad-Din Mustafo ekanini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni tongida Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining talabi bilan yo‘nalishni o‘zgartirib, Kiprning Larnaka shahriga borib qo‘ngani haqida ma'lum qilingandi.

Keyinroq uni kelib chiqish misrlik bo‘lgan AQSh fuqarosi, Atlanta universiteti professori Ibrohim Samaha garovga olgani haqida xabar berildi.

Top