21:56 / 29.03.2016
2040

Avtomatik iqlim-nazoratiga ega bo‘lgan kamzul paydo bo‘ldi

Endi har xil ob-havoga mo‘ljallangan kamzullarga mablag‘ sarflashning hojati yo‘q. Faqatgina aqlli kamzulni sotib olish kifoya qiladi.

Flexwarm kamzuliga ko‘krak, orqa va bilaklarda isitish qismlari joylashtirilgan. Unga o‘rnatilgan 5000 mAs akkumulyatori isitish tizimidan maksimum darajada foydalanganda 3.5 soatga yetadi. Maxsus mobil dasturi yordamida foydalanuvchiga kerak bo‘lgan haroratni o‘rnatish mumkin va tizim bu haroratni saqlab turadi. Shuningdek, maxsus dastur haroratlar doirasini belgilashga imkoniyat beradi. Bu vaziyatda kamzul insonning tana va atrof-muhit haroratiga asoslangan holda mustaqil ravishda issiqlikni ajralib chiqishini o‘rnatadi. 

Shunisi qiziqki, kamzulni bemalol yog‘ingarchilikda foydalanish va yuvish mumkin. Uning akkumulyatorini esa boshqa gadjyetlarni USB orqali quvvatlash imkoni mavjud. Flexwarm kamzulini xarid qilmoqchi bo‘lganlar uni Kickstarter sayti orqali buyurtma qilishlari mumkin. Uning ayollar va erkaklar uchun varianti mavjud. Kamzulning narxi 219 dollar deb belgilangan.

Top