00:38 / 29.03.2016
1727

Crédit Suisse may oyiga kelib neft narxi 50 dollarga yetishini prognoz qilmoqda

2016 yilda neftga talab o‘sa boshlaydi, degan xulosaga keldi Crédit Suisse shveysar bankining eksperti Yan Styuart. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda. Bu bir qator nomaqbul omillarga qaramasdan yuz bermoqda. Bunday omillar orasida iliq qish, tabiiy zaxiralar qazib oluchi tarmoqlarda hamda Rossiya va Braziliya kabi rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda pasayish omillari bor. 

Neftga talab barqaror, bunga Shimoliy Amerika va Yevropa iqtisodiyotlarining tiklanishda davom etayotgani qisman yordam bermoqda.

Neftga talab hozirda ko‘proq sanoat ishlab chiqarishi ehtiyojlari bilan emas, balki rivojlanayotgan davlatlarda o‘rta sinf hozirda borgan sari faolroq foydalanayotgan yo‘lovchi transporti bilan bog‘lanmoqda. Bankning fikricha, bu sharoitlarda neftga talab sanoat ishlab chiqarishining o‘sishidan oldinda boradi. "Biz joriy yilda agar iqtisodiyot rivojlanmaslikka qarab ketmasa, neftga talabning biroz tiklanishini kutmoqdamiz", deb aytdi Styuart. Uning fikricha, may oyiga kelib neft narxi 50 dollarni tashkil qilishi mumkin.

Top