Jahon | 12:02 / 29.03.2016
1636
1 daqiqa o‘qiladi

EgyptAir aviakompaniyasi MS181 reysini amalga oshirayotgan samolyoti garovga olinganini tasdiqladi

Misrning Egyptair aviakompaniyasi 29 mart kuni tongida Aleksandriya va Qohira shaharlari o‘rtasida MS181 reysini amalga oshirish vaqtida noma'lum shaxs tomonidan garovga olingani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

"MS181 reysini amalga oshirish vaqtida A-320 samolyoti garovga olindi. Jarayon bo‘yicha ma'lumotlarni yetkazishda davom etamiz", deyiladi Egyptair aviakompaniyasining tvitterida.

Xabarlarda aytilishicha, samolyot uchuvchilari kapitani voqea haqida Qohiradagi dispetcherga ma'lumot jo‘natgan va samolyotni garovga oluvchining talabi bilan Kiprga olib ketayotganini aytgan.

Samolyot garovga olingani haqidagi xabar 29 mart kuni mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8:30da kelib tushgan. Dastlabki xabarlarda, samolyotda 81 yo‘lovchi bo‘lgani aytilgan.