EgyptAir samolyotini garovga oluvchining uchishdan oldingi tekshiruvdan o‘tishi jarayoni videosi paydo bo‘ldi
Internetda EgyptAir samolyotining MS181 reysiga chiqishdan oldin yo‘lovchilarning, xususan samolyotni garovga olgan Sayf ad-Din Mustafoning tekshiruvdan o‘tishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Bu haqda AirLive xabar bergan.
Videoda ko‘rish mumkinki, Sayf ad-Din Mustafo Misrning Burj-Al-Arab aeroportidagi tekshiruv qismidan o‘tgan.
Voqealar rivoji davomida samolyotni olib qochganlikda gumon qilingan boshqa yo‘lovchi Ibrohim Samaha esa "Axbar al-Yaum" nashriga bergan intervyusida Misrdagi aeroportda yo‘lovchilarning hujjatlari ham yaxshi tekshirilmagani haqida aytib o‘tgan.
Bundan oldinroq, Sayf ad-Din Mustafo samolyotni garovga olishda "soxta bomba"dan foydalangani haqida xabar berilgandi.
Uning bu harakatiga nima sabab bo‘lgani jumboq bo‘lib qolmoqda.