Jahon | 16:21 / 29.03.2016
2045
2 daqiqa o‘qiladi

Yer ostidagi bolalar: Olmaota metrosidan reportaj

Metrodagi qatnovlar xavfli bo‘lib borayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng, NUR.KZ portali muxbiri vaziyat bilan yaqindan tanishish maqsadida Olmaota metrosiga tashrif buyurdi. Maxsus muxbir bosh taftishchi Baxitjan Abdraxmanov hamrohligida metroning “Moskva” nomli so‘nggi bekatidan lokomotiv deposigacha borgan.

Ma'lum bo‘lishicha, metroning birinchi va oxirgi poyezdi faqat texnik xodimlarni tashiydi. Ular yo‘ldagi ehtimoliy nuqsonlarni aniqlash va tuzatish ishlari bilan shug‘ullanadilar.

Bundan tashqari, metro transportda sodir etiladigan jinoyatlardan ancha kuchli himoyalangan. Barcha bekatlar kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Yo‘lovchilarning xavfsizligini esa, “Transport xavfsizligi xizmati” xodimlari ta'minlashadi. Shu bilan birga, har bekatda politsiyaning qo‘riqlash bo‘limi xodimlari ham turishadi.

"Xavfli va taqiqlangan buyumlarni aniqlash uchun detektor, rentgen moslamalari o‘rnatilgan", deb xabar qiladi NUR.KZ.

Metroni elektr bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida ikkita bir-biridan mustaqil elektr liniyasi tortilgan. Har to‘qqizta bekatni oltita tayanch elektrstansiyasi tok bilan ta'minlaydi. Shuningdek, zaxirada akkumulyatorlar ham mavjud.

Xodimlar ish boshi va oxirida maxsus tibbiy tekshiruvlardan o‘tishadi. Ularning sog‘lig‘i ko‘zdan kechiriladi.

"Yaqin orada yo‘lovchilarning qulayligi uchun barcha mobil operatorlar bilan shartnoma imzolash rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, metroda ham qo‘l telefoni va Wi-Fi signalidan foydalanish mumkin bo‘ladi", deydi bosh taftishchi.