Sport | 18:52 / 29.03.2016
1658
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA reytingi: O‘zbekiston ayollar termasi 42-o‘rinni egalladi

FIFA saytida 25 mart kuni chop etilgan yangi reytingda futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 1540 ochko bilan 42-o‘rinda qayd etilgan.

O‘zbekiston nomi MDH mamlakatlari qatorida uchinchi bo‘lib joylashgan. O‘zbekistondan oldinroqda MDH vakillaridan Rossiya (22) va Ukraina (23) nomlari bor.

Mart oyi uchun FIFA reytingidagi kuchli o‘nlik:
1. AQSh – 2174 ochko.
2. Germaniya – 2117.
3. Fransiya – 2068.
4. Angliya – 2033.
5. Avstraliya – 2014.
6. Shvetsiya – 1995.
7. Yaponiya – 1983.
8. Braziliya – 1975.
9. KXDR – 1952.
10. Kanada – 1938.

Reytingdagi Markaziy Osiyo vakillari:
42. O‘zbekiston – 1540.
67. Qozog‘iston – 1354.
108. Qirg‘iziston – 1134.

FIFAning keyingi reytingi 2016 yilning 24 iyulida e'lon qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish