12:52 / 29.03.2016
1807

Garovga olingan Misr samolyoti. Onlayn

Misr shimolidagi Aleksandriya shahridan mamlakat poytaxti Qohiraga uchishni amalga oshirayotgan EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli A-320 rusumli yo‘lovchi samolyoti noma'lum shaxs tomonidan garovga olingan.

17:54 EgyptAir samolyotini garovga olgan shaxs taslim bo‘ldi

17:27 Larnakida maxsus harbiylar garovga olingan Misr samolyotini shturm qilishga tayyorlandi

17:12 A-320 samolyotini garovga olgan shaxs samolyotga yoqilg‘i quyib, Turkiyaga uchishni talab qildi

16:50 Misr hukumati professor Ibrohim Samahadan unga A320 samolyotini o‘g‘irlash bo‘yicha qo‘yilgan ayblov uchun uzr so‘radi

16:39 EgyptAir samolyotini garovga olgani aytilgan, Misrdagi va AQShdagi universitetlar professori bo‘lgan Ibrohim Samaha bu adashuv bo‘lgani va o‘zining oddiy yo‘lovchi ekanini ma'lum qilgan.

"Biz nimalar ro‘y berganini bilmadik. Biz samolyot bortiga chiqqandik va ekipaj a'zolari pasportlarimizni yig‘ib olishga kirishganini ko‘rib hayron bo‘ldik. Samolyot ichkarisida nimadir bo‘layotgani aniq edi <...> Keyin tushunib yetdikki, biz Qohiraga emas, shimolga ucha boshladik. Ya'ni, Kiprga. Avvaliga ekipaj samolyotda texnik nosozlik yuz berganini, keyinroq samolyot garovga olinganini ma'lum qildi", – deya hikoya qiladi Samaha.

16:24 Kipr prezidenti: Misrning A320 samolyoti garovga olinishi terrorchilikka aloqador emas

15:57 OAV: Garovga olingan samolyotda faqat uchuvchi va aviaqaroqchi qoldi

 

15:45 EgyptAir samolyotini garovga olgan shaxs amerikalik professor bo‘lib chiqdi

 

14:59 Egypt Air aviakompaniyasining yo‘lovchilardan biri tomonidan garovga olingan A320 samolyoti Kiprga emas, Turkiyaga olib borilishi mumkin edi. Samolyotni garovga olgan shaxs uchuvchidan Istanbulga uchishni talab qilgan. 

Samolyot uchuvchisi Umar al-Jamol esa yoqilg‘i yetishmasligi tufayli Istanbulga uchishdan bosh tortgan va Larnakaga qo‘ngan. Bu haqda Al Arabiya muxbiri Reychel Makartur xabar bergan.

14:02 Internetda garovga olingan A320 layneriga oid video paydo bo‘ldi

 

13:42 Misr samolyotini garovga olganning shaxsi ma'lum bo‘ldi

12:40 OAV: Misr samolyotini garovga olgan shaxs Larnaka aeroportidagi politsiyachilar ketishini talab qildi

12:22 Garovga olingan Misr samolyotida bo‘lgan 20ga yaqin kishi qo‘yib yuborildi

12:14 Kiprliklar Misr samolyotini garovga olgan shaxs bilan muzokara boshladi

 

12:02 EgyptAir aviakompaniyasi MS181 reysini amalga oshirayotgan samolyoti garovga olinganini tasdiqladi

11:50 Misr samolyotini garovga olgan shaxs o‘zini portlatish bilan tahdid qilgan

11:30 Noma'lum shaxs tomonidan garovga olingan Misr samolyoti Kiprga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Top