Jamiyat | 18:19 / 29.03.2016
1559
2 daqiqa o‘qiladi

Harrison Ford epilepsiya bilan kasallanganlar uchun Xana Solo nimchasini sotadi

Harrison Ford "Yulduzlar jangi"ning 7-epizodida Xana Solo rolini ijro etgan, aynan shu qahramonining nimchasini sotuvga qo‘yadi.

Xayriya tadbiridan tushgan mablag‘ epilepsiya bilan kasallangan bemorlarga yordam tariqasida o‘tkaziladi. Auktsion 10 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Lotning boshlang‘ich narxi — 33 ming dollar. Bu nimcha bosh qahramonlardan biri bo‘lgan Xana Solo obrazining bir qismidir.

Mart oyida Today nashriga bergan intervyusida Ford uning 25 yoshli qizi Jorjiya bolaligidan epilepsiyadan aziyat chekayotganligini aytgan. Shifokorlar avval unga noto‘g‘ri tashxis qo‘yishgan, bir necha yil migrenga qarshi kurashuvchi dori vositalarini qabul qilgan. Hozirda u NYU Langone tibbiyot markazida doimiy nazoratda turadi. Fordning nimchasidan tushadigan mablag‘ ana shu markazga o‘tkaziladi.

"Yulduzlar jangi" — rejissyor Jorj Lukasning fantastik kinoepopeyasi. Uning original uchligi 1977-1983 yillar oralig‘ida, keyingi uchligi esa 1999-2005 yillar oralig‘ida ekran yuzini ko‘rgan. Yettinchi film — "Kuchga kirish" yangi uchlikning boshlanishi bo‘lib, 2015 yilning 17 dekabrida Rossiya prokatiga chiqqan, uning davomi 2017 yilda suratga olinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish