15:53 / 29.03.2016
1441

Mesut O‘zil Vengerni jiddiyroq transferlar qilishga chaqirdi

Londoning «Arsenal» klubi yarimhimoyachisi Mesut O‘zil jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerni yozgi transferlar paytida faol bo‘lishga chaqirdi.

«Biz kelgusi mavsum juda qiyin bo‘lishini bilamiz. Turnir jadvalida bu yilgidek yuqoriroq bo‘lishimiz uchun tarkibni yanada kuchaytirishimiz kerak bo‘ladi.

Har doim kim qancha investitsiya kiritishi qancha mablag‘ sarflashi qiziq.

APL top-murabbiylar tashrif buyurishmoqda. Albatta birinchi navbatda Gvardiolani nazarda tutib aytmoqdaman. Xosep qayerda ishlagan bo‘lsa, uning barcha harakatlari omadli chiqqan. Pepning jamoalari doim o‘yinni boshqarib borishadi. Raqib jamoalari esa har doim Gvardiola jamoasi bilan hadiksirab o‘ynashadi.

Menga uning «Manchester Siti» bilan qanday yutuqlarga erishishi juda qiziq. U Angliyada taklif qiladigan futbol muxlislarni hayratga soladi», — deya Gvardiolaga nisbat bergan O‘zil.

Top