Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyotni garovga olib, Kiprdagi Larnaka aeroportiga qo‘ndirgan shaxs undagi barcha misrlik yo‘lovchilarni qo‘yib yuborgan. Bu haqda Egypt Air xabar berdi.
Samolyot bortida ayni vaqtda ekipajning 7 nafar a'zosi va 4 nafar xorijlik qolayotgani aytilmoqda.
Bundan oldinroq, Reyter agentligi xabarida samolyotga chiqqanlarning 8 nafari buyuk britaniyalik, 10 nafari amerikalik ekani aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Misrda mahalliy vaqt bilan soat 8:30da noma'lum shaxs A-320 yo‘lovchi samolyotini garovga olgani ma'lum bo‘ldi. Samolyot Aleksandriyadan Qohiraga reysni amalga oshirayotgan edi. Uning bortida jami 81 kishi bo‘lgani aytilgandi.