Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh hukumati kaliforniyalik terrorchining smartfonini Apple’ning ko‘magisiz ocha oldi
AQSh adliya departamenti san-bernardinolik terrorchining telefonini ochish ishi bo‘yicha Apple korporatsiyasiga qarshi bergan shikoyatini qaytarib olmoqchi, deb xabar bermoqda USA Today nashri. Ushbu ish bo‘yicha sud yig‘ilishi 29 martda bo‘lishi kerak edi.
Ushbu masaladan xabardor amaldor anonim qolish sharti bilan shuni ma'lum qildiki, chetki usul mutaxassislarga qurilmadagi ma'lumotlarni o‘chirib yubormagan holda uni ochishga imkon berdi. Hukumat 2015 yil 2 dekabrda San-Bernardino shahrida imkoniyati cheklangan odamlar markazida terakt amalga oshirgan terrorchilardan biri Said Farukning iPhone 5s smartfonini ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Sud hujjatlaridan endi hukumatga Apple’ning yordami talab etilmasligi kelib chiqadi. Kompaniyaning o‘zida bu xabarga izoh berilmadi.
Fevral o‘rtasida Kaliforniya shtati sudi Apple kompaniyasiga terrorchining iPhone’idagi ma'lumotni Federal qidiruvlar byurosiga ochishda yordam berish majburiyatini qo‘ygandi. Apple FQBga smartfonni ochib berishdan bosh tortgandi.