15:18 / 29.03.2016
1285

Olib qochilgan Misr samolyotidagi barcha yo‘lovchilar ozod qilingani tasdiqlandi

Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan, yo‘lovchilardan biri tomonidan olib qochilgan A320 samolyotidagi barcha yo‘lovchilar ozodlikda. Bu haqda Yevroparlament vakili Martin Shultsga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

"Larnakidagi aeroportdagi samolyotning barcha yo‘lovchilari ozod qilingan. Umid qilamizki, ular endi xavfsizlikda", deydi Shults.

Bundan oldinroq, garovga oluvchi misrliklar, bolalar va ayollarni qo‘yib yuborganini, bortda faqat xorijliklar va ekipaj a'zolari qolayotgani ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni tongida Misrda noma'lum shaxs A320 yo‘lovchi samolyotini garovga olgani ma'lum bo‘ldi. Samolyot Iskandariyadan Qohiraga reysni amalga oshirayotgan edi. Bir muddatdan so‘ng layner Kiprning Larnaka shahri aeroportiga qo‘ndi.

Ilgariroq samolyotni garovga olgan shaxs Ibrohim Samaha ismli Misr fuqarosi ekani ma'lum qilingan edi.

Top