Jamiyat | 17:45 / 29.03.2016
1661
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar turli madaniyat vakillari tomonidan birdek qabul qilinadigan yuz ifodasini topishdi

Ushbu yuz ifodasi norozilikni (“not face”) anglatadi. Tadqiqot Cognition jurnalida yoritildi.

Ohayo shtatidagi universitet xodimlari 158 nafar talaba bilan tajriba olib borishdi hamda ular inson biror narsadan norozi bo‘lsa va inkor etuvchi so‘z ishlatsa, uning yuzi bir xil ko‘rinishga kelishini kuzatishdi. Tajriba jarayonida yoshlarning sherigi bilan suhbati kameraga olingan va kompyuter orqali tahlil qilingan. Talabalar o‘zlarining noroziliklarini lablarni bujmaytirish, qovoq uyish va dahanni ko‘tarish orqali ifodalashgan; tajribada ingliz, ispan, xitoy tilida so‘zlashuvchilar ishtirok etishgan.

“Til qayerdan paydo bo‘lgan? Ilmiy kengash bu haqida ancha vaqtdan beri bosh qotiradi”, — deydi loyiha rahbari Aleks Martinez. — Bu tadqiqot til va yuz ifodasi o‘rtasida aloqa borligini taxmin qiladi”.

Olimlarning fikricha, “not face”da uyulgan qovoqlar jahl chiqishini bildiradi, ko‘tarilagan dahan va bujmaygan lablar esa nafratlanishni anglatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish