15:02 / 29.03.2016
1740

O‘zbekistonda yo‘lovchilarni tashish 2015 yilda 3,6 foizga o‘sdi

2015 yilda O‘zbekistonda transportning barcha turlarida yo‘lovchi tashish hajmi, 2014 yilga nisbatan 3,6 foizga o‘sgan. Boshqacha aytganda, 7589,4 mln kishi manziliga yetkazilgan. Yo‘lovchilar tashish aylanmasi bo‘yicha ko‘rsatkich esa 5,7 foizga o‘sishni qayd etgan va 105,8 mlrd pass-kilometrni tashkil etgan.

"Yo‘lovchilarni tashish borasida asosiy o‘rinni hamon avtomobil transporti egallab turibdi. Uning hissasiga jami yo‘lovchilarning 98,9 foizi to‘g‘ri kelmoqda", deyiladi Davlat statistika qo‘mitasi axborotida.

Yo‘lovchilarning temir yo‘l transportidan foydalanish ko‘rsatkichida ham hisobot yili mobaynida 5,9 foizlik o‘sish qayd etilgan. 20,2 million kishi temir yo‘l orqali ko‘zlagan manzillariga yetib olishgan.

Ammo, havo transportida pasayish kuzatilgan bo‘lib, o‘tgan yili 2180,8 ming kishi ushbu transport turidan foydalangan. Bu 2014 yilga nisbatan 3,7 foizga kamdir.

Metroda yo‘lovchilarni tashish ko‘rsatkichi ham 3,2 foizga pasaygan.

Top