Sport | 23:38 / 29.03.2016
1959
1 daqiqa o‘qiladi
Sardor Rashidov Bahraynga qarshi kechgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Bugun, 29 mart kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasida O‘zbekiston — Bahrayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov uchrashuvdan so‘ng eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, Bahraynga qarshi bahsning 49 daqiqasida Sardor Rashidov tomonidan urilgan gol yagonaligini saqlab qoldi va O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi.