Jahon | 13:55 / 29.03.2016
1851
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada “Iskander-M” raketa majmuasini payqashdi

Xmeymim aviabazasidan tayyorlagan videolavhalardan birida “Iskander-M” operativ-raketa majmuasi ko‘zga tashlanib qoldi.

Raketa majmuasining 9P78-1 rusumli uchirish uskunasi, rus aviatsiyasining Suriyadan chiqishiga bag‘ishlangan lavhada namoyish etilgan. Uni “Sluju Rossii!” ko‘rsatuvining beshinchi daqiqasida aviabazadan parvoz qilayotgan An-124 “Ruslan” harbiy transport samolyoti fonida ilg‘ash mumkin.

Bundan avval, “Iskander” majmualarining Suriyada joylashtirilishi xususida rasman ma'lum qilinmagan edi.

“Iskander-M” operativ-taktik raketa kompleksi 1990-yillarda KBM konstruktorlik idorasi tomonidan ishlab chiqilgan va 2006 yilda armiyaga qabul qilingan. U birmuncha eskirgan “Tochka” va “Tochka-U” raketalari o‘rnini egallagan. Raketalarning parvoz masofasi 500 kilometrni tashkil etadi, 280 kilometrga ucha oladigani eksport qilinadi.

Aeroballistik raketalar butun parvoz davomida boshqarilgani bois uning yo‘nalishini taxmin qilish mushkul. Bu esa uni raketalarga qarshi mudofaa tizimi tomonidan urib tushirishni qiyinlashtiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish