09:59 / 29.03.2016
1307

Van Gaal «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda Runini jarohat bilan o‘ynashga majburlagan

«Manchester Yunayted» futbolchisi Ueyn Runi joriy yilning 13 fevral kuni Angliya chempionati doirasidagi «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda (1:2) tizzasidan olgan jarohatidan davolanishda davom etmoqda. Hujumchi aprel oyining o‘rtalarida safga qaytishi kutilmoqda.

The Telegraph nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, Runining jarohati bu qadar jiddiy tus olishiga «MYu» bosh murabbiyi Lui van Gaal sababchi bo‘lgan. «Sanderlend»ga qashi uchrashuvda murabbiy uni og‘riq bilan o‘ynashga majburlagan.

Qayd qilinishicha, 65-daqiqada, hisob 1:1 ko‘rinishini olganida, Runi o‘zini zaxiraga olishlarini so‘ragan, biroq van Gaal uni maydonga qolishga majbur qilgan.

Top