23:55 / 29.03.2016
2821

Viktoriya Bekxem turmush o‘rtog‘ini o‘z kompaniyasidan bo‘shatib yuborgani ma'lum bo‘ldi

Bekxemlar oilasi o‘z bizneslarini uning samaradorligini oshirish maqsadida qayta tashkil etishdi, shu munosabat bilan sobiq futbolchi Devid Bekxem Victoria Beckham Ltd kompaniyasida rafiqasi va bosh direktor Robert Dodds bilan 6 yillik xamkorlikdan so‘ng kompaniya direktori lavozimini tark etdi.

Bekxemlar oilasidagi er-xotindan har biri o‘z daromadlarini alohida mustaqil olishadi: Viktoriya – Victoria Beckham Ltd. dagi, Devid – David Beckham Ventures’dagi. Endi ma'lum bo‘lishicha, ular biznesni yuritishning bunday usuliga bir yildan beri amal qilishadi.

Devid Bekxem rafiqasining kompaniyasini 2014 yil 10 dekabrdayoq tark etgan va ajrashish haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqarmaslik uchun buni maxfiy tarzda amalga oshirgan. Shu kuni barcha aksionerlik kapitali Victoria Beckham Ltd va David Beckham Ventures’ga nisbatan bosh kompaniya – Beckham Brand Holdings Ltd. ga o‘tkazilgan, bu kompaniyada Devid va Viktoriya direktor bo‘lib, uni bir xil ulush bilan boshqaradilar.

Juftlik vakili bunday qarorning sabablarini keltirib o‘tdi: "Devid va Viktoriyaning kompaniyalari oxirgi vaqtlar kuchli o‘sib ketdi. Ularda umuman turli faoliyat turi bo‘lgan edi: David Beckham Ventures lsenziyalash bilan, Victoria Beckham Ltd. esa modalar bilan shug‘ullanadi. Ularning uyushma holida birga bo‘lishiga boshqa ma'no yo‘q", deb aytdi vakil.

Devid Bekxem qayta tashkil etishga qaramasdan rafiqasi brendiga yordam bermoqda. 2016 yil martida Devid rafiqasi kompaniyasini kasod bo‘lishdan saqlab qoldi va unga 5,2 mln funt sterling kiritdi.

Bo‘lib o‘tgan voqea juftlik ajralib ketgani, biznesni qayta tashkil etish esa rasmiy ajrimdan avvalgi majburiy rasmiyatchilik haqidagi mish-mishlarning oralashiga sabab bo‘ldi. Biroq, Devid va Viktoriya vakillari yulduzlarning o‘zi kabi bu gaplarni inkor qilmoqda.

Top