16:19 / 29.03.2016
1634

Yapon firmalari o‘z xodimlariga farzandlarini ishxonaga olib kelishga ruxsat berdi

Kyodo nashrining xabariga ko‘ra, ba'zi yapon kompaniyalari o‘z xodimlariga farzandlarini ishxonaga olib kelishga yoki uydan turib masofada ishlashga ijozat berishdi. Shu yo‘l bilan kompaniya ishchi kuchi yetishmovchiligi muammosini hal qilmoqchi, shuningdek, ishchi jamoalarda ayollar sonini oshirmoqchi.

Undan tashqari oilaga yo‘naltirilgan ishchi muhitni yaratish uchun ba'zi kompaniyalar farzand dunyoga kelishi yoki uning tarbiyasi munosabati bilan ishdan ketgan eski xodimlarini jalb qilish yo‘llarini qidirmoqda.

Agentlik bunga misol tariqasida xodimasi 3 yoshli farzandi bilan ishxonaga kelayotgan Tokioning Sow Experience Inc. kompaniyasini misol qilib keltiradi.

Top