Italiya sohil qöriqçilari, Yevropa çegaralari ustidan nazorat qiluvçi Frontex agentligi hamda noqonuniy odam olib ötişga qarşi kuraş Yevropa missiyasi Sitsiliya böğozida oltita amaliyot ötkazdi. Bir-biriga boğliq bölmagan mazkur amaliyotlar maboynida 752 muxojirning hayoti qutqarildi. Ular kemalarda Italiya janubidagi portlarga olib kelindi.
Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar tomonidan körilayotgan çora-tadbirlar hozirça samara bermayapti. Umumiy strategiya bölmagani sabab ayrim mamlakatlar özlari bilgan xolda siyosat yuritişga majbur bölmoqda. Masalan, Makedoniya Respublikasi muxojirlar bilan boğliq inqiroz yuzaga kelgaç, ötgan yilning avgust oyida favqulodda xolat rejimini joriy qilgan edi. Endilikda bu rejim 31 dekabrga qadar uzaytiriladigan böldi. Bu borada mamlakat parlamenti qaror qabul qildi. Taklif mudofaa vaziri Zoran Yolevskiy tomonidan ilgari surilgan hamda parlamentning Mudofaa va xavfsizlik böyiça qömitasi tomonidan tasdiqlangan edi.
Tahlilçilarning fikriça, 2016 yilda Yevropa mamlakatlari muxojirlar oqimining kamayişiga umid qilmasalar ham böladi. Kuzatuvçilarning aytişiça, jahonda yil sayin qoçqinlar va mamlakatlar içkarisida köçib yurişga majbur bölganlar soni oşib bormoqda. Ayni damda dunyoda muhojirlar soni 60 million kişidan oşib ketgan. Umuman, şarhlovçilarning fikriça, tabiiy ofat va qurolli nizolar tufayli öz uy-joylarini tark etişga majbur bölgan 87 million 600 ming kişiga yordam beriş uçun 2016 yilda 20 milliard 100 million dollar kerak böladi. Ötgan yilning dekabrida e'lon qilingan BMTning “Gumanitar çaqiriq” deb nomlangan hisobotida aytilişiça, bu kabi mablağlar şu kungaça donor mamlakatlardan heç qaçon söralmagan. Bu mablağlar 10 yil avvalgi murojaatdan beş barobar oşib ketgan. BMT ma'lumotlariga köra, bugungi kunda jahonda 125 million kişi yordamga muhtoj xolda yaşamoqda. Gap bu yerda 37 ta mamlakatni qamrab olgan 27 ta inqirozli hududlarda yaşayotgan insonlar haqida bormoqda. BMT 2015 yilda 20 milliard dollar söragan edi, ammo donor mamlakatlar atigi 9 milliard 700 million dollarnigina berişdi.

Qoçqinlarga yordam körsatiş uçun mablağlar yetişmayapti. Bu, öz navbatida, BMTning qoçqinlar masalalari böyiça Oliy komissarligi boşqarmasining işini murakkablaştirmoqda. Töğri, muhojirlarning “köhna qit'a”ga kelişi köpçilikning közini oçdi. Ötgan yil sönggida insonparvarlik amaliyotlarini moliyalaşda ijobiy tomonga siljiş böldi. Ammo vaziyat hamon özgarmay qolmoqda. BMTning qoçqinlar masalalari böyiça Oliy komissarligi boşqarmasi kutgan samaralar qölga kiritilmayapti. Çunki qoçqinlarga kömak beriş maqsadida töplanişi kerak bölgan mablağlarning atigi yarmigina qölga kiritildi, xolos. BMTning qoçqinlar masalalari böyiça Oliy komissarligi boşqarmasi rahbari Filippo Grandi “bizga, ayniqsa, qurolli töqnaşuvlar davom etayotgan mamlakatlar uçun köproq mablağlar kerak”, dedi.







