16:04 / 30.03.2016
1526

6 yilga qamalgan angliyalik futbolchini qamoqda o‘ldirmoqchi bo‘lishdi

Angliya terma jamoasi hamda "Sanderlend" klubining sobiq futbolchisi, voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy munosabatda bo‘lganlikda ayblanib 6 yilga qamalgan futbolchi Adam Jonsonning hayotiga qamoqxonada suiqasd amalga oshirilgan. Bu haqda The Sun xabar yozgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, u Armli qamoqxonasiga keltirilishi bilanoq u yerda uni "Lids Yunayted" va "Bredford" jamoalarining muxlislari bo‘lgan mahbuslar kutib olgan.

Qamoqxonada pol artish bilan band bo‘lganida sobiq futbolchiga boshqa mahbuslar ustaralar bilan hamla qilishgan va uning chov qismi hamda orqasiga zarbalar berishgan.

Bundan tashqari, mahbuslar voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun qamalgan Jonsonga Armli qamoqxonasidan ketishi kerakligini, aks holda keyingi safar boshqacharoq yo‘l tutishlarini aytishgan.

Jonson 2012 yilda "Manchester Siti"dan "Sanderlend" jamoasi safiga kelib qo‘shilgan, u "qora mushuklar" safida 100dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan. U futbolchilik faoliyati davomida "Midlsboro", "Lids" va "Uotford" jamoalarida ham o‘ynagan. Shuningdek, Angliya terma jamoasi sfaida 12 o‘yin o‘tkazib, 2ta gol muallifi bo‘lgandi.

Angliyalik futbolchi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib 6 yilga qamaladigan bo‘ldi

«Sanderlend» voyaga yetmagan qiz bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini tan olgan futbolchisining shartnomasini bekor qildi

Top