Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: Suriya fuqarolar urushi davrida 200 mlrd dollardan ortiq zarar ko‘rdi
Suriya prezidenti Bashar Asad RIA «Novosti» agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, 2011 yildan beri davom etib kelayotgan fuqarolar urushidan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 200 milliard dollardan oshib ketgan.
«Iqtisodiy va infratuzilmalarga yetkazilgan zarar miqdori 200 mlrd dollardan ko‘pdir. Suriyadagi vaziyat barqarorlashsa, iqtisodiy masalalar tezda yechimini topishi mumkin, ammo infratuzilmalarni tiklashga ko‘p vaqt talab etiladi», — degan Bashar Asad.
Bundan avval xabar qilinganidek, Suriya rahbarining fikricha, rasmiy Damashq Jyenevadagi muzokaralarda ziddiyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish maqsadida muxolifatga yon bosmoqda. Suriya muxolifatining muzokaralar bo‘yicha Oliy kengashi o‘z navbatida, Suriya hukumati vakillari bilan bevosita muloqotga tayyorligini bildirgan edi.