Texnologiya | 21:54 / 30.03.2016
2305
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada 5 yoshli bolalar uchun mini-mashina ishlab chiqishmoqchi

Britaniyaning o‘smirlar uchun Young Driver avtomaktabi besh yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan kichik hajmdagi avtomobil yaratmoqda.

Bir soat ichida 16 kilometr tezlikda harakatlanuvchi mashina ikkita elektr motorlari, orqa disk tormozi va mustaqil pnevmatik ilgakka ega.

Bundan tashqari, bolalar elektrokarida zamonaviy mashinalarga o‘rnatiladigan to‘siqlarni his etish va avtomatik to‘xtatish kabi tizimlari mavjud.

Shuningdek, mini-mashina masofaviy boshqaruv bilan ham jihozlangan bo‘lib, uning yordami bilan ota-onalar xavfli vaziyatlar ro‘y berganda mashinani zudlik bilan to‘xtatishlari mumkin.

Hozircha avtokarning faqat xomaki dizayndagi talqini namoyish etilgan. Young Driver mazkur mashinani Birminhemda 31 martdan 3 aprelgacha bo‘lib o‘tadigan Gadget Show Live ko‘rgazmasida taqdim etadi. Besh yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan ko‘rgazma ishtirokchilariga mashinani haydab ko‘rish imkoni beriladi. Ularning sinovdagi avtomobil bo‘yicha fikr-mulohazalari kelajakda seriyali modellarni ishlab chiqarishda inobatga olinadi.

Ko‘rgazmada o‘smirlar uchun ham Skoda Citigo maxsus ta'lim xetchbeklarida uchib ko‘rish imkoni beriladi.

Young Driver avtomobili seriyali talqinining premerasi esa shu yilning may oyida o‘tkaziladi. Bolalar mashinasining narxi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish