Jamiyat | 20:48 / 30.03.2016
1848
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada tipratikanning "qattiq hayajondan" ignalari to‘kilib ketdi

Buyuk Britaniyaning Xartfordshir grafligida volontyorlar boshidan kechirgan stress tufayli ignalarsiz qolgan tipratikanni topib olishdi.

Tipratikanga Derek laqabi berildi. Herts Hogline notijorat tashkiloti volontyorlari tipratikanni mahalliy fuqarolardan birining orqa hovlisidan topishgan. Bu 2015 yil sentabrda yuz bergandi. Veterinarlarning aytishicha, tipratikan kuchli asabiy kechinma tufayli chaqirilgan alopetsiya (sochlarning to‘kilish)dan aziyat chekkan.

O‘rmon jonzotini massaj va yaxshi parvarishdan keyin hayotga qaytarishga muvaffaq bo‘lindi.

"Biz Derekning ignalari o‘smaguncha uni yovvoyi tabiatga qo‘yib yubora olmaymiz. Ularsiz tipratikan muzlab qoladi hamda kattaroq yirtqichlardan o‘zini himoya qila olmaydi", deb aytdi Herts Hogline rahbari Linn Garner.

Uning aytishicha, zaiflashib qolgan Derekda patos boylagan jarohat aniqlangan. Taxmincha, bu jarohat ehtimol uni qush cho‘qib olgani oqibatida paydo bo‘lgan.

Tabiat qo‘riqchisining aytishicha, Derekning salomatligi yaxshilanmoqda. Mart o‘rtalaridan unda yangi ignalar o‘sa boshlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish