07:22 / 30.03.2016
1213

Eron prezidenti xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sababli Avstriyaga safarini bekor qildi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sababli Avstriyaga ikki kunlik safarini noma'lum muddatga qoldirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ruhoniy 29 mart kechki payt Venaga kelishi kerak edi. Avstriya prezidenti Xaynts Fisher vakili safarning bekor qilinishi sabablari noma'lumligini aytdi. U Ruhoniy Avstriyaga safar oldidan Bag‘dodga safar uyushtirmoqchi bo‘lgani, biroq bu safar ham xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sababli qoldirilganligini aytdi.

Fisher rasmiy maktubda Eron prezidentining safari qoldirilishi yuzasidan afsuslanish bildirdi. U har bir davlat xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘zi qaror qabul qilishini aytdi.

Top