Sport | 22:11 / 30.03.2016
1303
1 daqiqa o‘qiladi

Gari Nevill: Men "Valensiya"da ishlashni davom ettirmoqchi edim

Bugun, 30 mart kuni "Valensiya" jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqrilgan Gari Nevill rahbariyatning bu qaroriga munosabatini bildirib o‘tdi.

"Men "Valensiya"da ishlashni davom ettirish niyatida edim. Lekin, ko‘rsatilgan natijalar naqadar muhimligini to‘g‘ri tushunaman. 28ta o‘yindan keyin jamoa egallab turgan o‘rin rahbariyatni qoniqtirmasligi tayin", deydi u.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda "Valensiya" jamoasi Ispaniya chemionatida 14-o‘rinda joylashgan va "xavfli zona"dan 6 ochkolik farq mavjud. Gari Nevill murabbiyligi davrida jamo Ispaniya kubogi va Yevropa ligasidagi ishtirokni vaqtli to‘xtatdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish