Jamiyat | 19:45 / 30.03.2016
1341
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada elektr simiga osilib qolgan echkini qutqarishdi

Gretsiyadagi qishloqlardan birida echki elektr uzatish simiga shoxlari bilan osilib qoldi. Uni mahalliy kishilar arqon va narvon orqali qutqarib, yerga tushirib olishgan.

Echki simga qanday osilib qolgani aniqlanmagan, lekin unga hech bir ziyon yetmagan.

Bu hodisa tasviri Mashable tomonidan YouTube portaliga joylashtirilgach, bu videoni 4 kun ichida 250 ming kishi tomosha qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish