Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 19:26 / 30.03.2016
1410
1 daqiqa o‘qiladi
Gvatemalada Iso Masih rolini o‘ynayotgan aktyor chormixdan qulab tushdi
Gvatemalaning Santa-Barbara shahrida (Suchitepekes departamenti) o‘tkazilayotgan Pasxa bayrami vaqtida Iso Masih rolini ijro etayotgan aktyor chormixdan quladi. Bu hodisa tasviri YouTube portalidagi Prensa Libre kanaliga joylashtirilgan.
Daily Mail nashrining yozishicha, aktyor deyarli 4 metr balandlikdan qulagan.
Bu hodisa yuz bergan ko‘chada odamlar bayram uchun yig‘ilishgan edi. Aktyorning ahvoli haqida aniq ma'lumotlar berilmagan.
Bu voqea tasvirlangan videoyozuv internetda mashhurlashgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish