16:45 / 30.03.2016
1442

JCh-2018 saralashida Tojikiston va Qirg‘iziston termalarining o‘zaro uchrashuvini o‘zbekistonlik hakam boshqardi

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining saralashida 2-bosqichdan o‘rin olgan Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida uchrashuvda O‘zbekiston vakillari bo‘lgan hakamlar bo‘linmasi harakat qildi. Bu haqda Qirg‘iziston FF matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, o‘yinni FIFAning 35 yoshli hakami, o‘zbekistonlik Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarishgan. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov hamda Andrey Tsapenko yordamchilik qilgan. Zaxira hakami Alibek Sapayev (Turkmaniston).

Ushbu o‘yinda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Osiyoda JCh-2018 saralashi. 2-bosqich yakunlari

Top