Sport | 11:17 / 30.03.2016
2878
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Argentina terma jamoasi safida urgan gollari sonini 50taga yetkazdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi milliy terma jamoasi safida urgan gollari sonini 50taga yetkazib oldi. 

JCh-2018 saralashi doirasidagi Boliviya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (2:0) 28 yoshli argentinalik futbolchi penaltidan raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. 

Endilikda Messiga terma jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lish uchun yettita gol yetishmayapti. Hozirda Argentina terma jamoasining eng yaxshi to‘purari Gabirel Batistuta bo‘lib turibdi. Uning hisobida 56 gol mavjud.