Sport | 16:37 / 30.03.2016
2350
2 daqiqa o‘qiladi

Mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston XX milliy chempionatida «Olmaliq» klubi peshqadamlik qilmoqda

Toshkentda mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston XX milliy chempionati oliy ligasining birinchi bosqich to‘rtinchi tur uchrashuvlari yakunlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Amaldagi chempion – Toshkent viloyatining “Olmaliq” jamoasi “Bunyodkor”ni 6:2, “Do‘stlik AIN”ni 2:1, “Lokomotiv”ni 8:1, “Paxtakor”ni 9:3 va “Ardus”ni 5:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ayni paytda “Olmaliq” klubi 48 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Chempionlikka asosiy da'vogarlardan biri “Ardus” klubi hisobida ham 48 ochko bor. Qarshining "Do‘stlik AIN" jamoasi 40 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

"Nafis" – "Kogon" – 4:8,
"Maksam-Chirchiq" – "Paxtakor" – 3:3,
"Kogon" – "Maksam-Chirchiq" – 2:6,
"Bunyodkor" – "Nafis" – 8:4,
"Lokomotiv" – "Turon" – 1:2,
"Kogon" – "Bunyodkor" – 4:2,
"Turon" – "Paxtakor" – 7:2,
"Bunyodkor" – "Maksam-Chirchiq" – 6:3,
"Lokomotiv" – "Nafis" – 3:6,
"Maksam-Chirchiq" – "Turon-S" – 2:7,
"Nafis" – "Paxtakor" – 4:3,
"Kogon" – "Lokomotiv" – 4:0.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish