20:00 / 30.03.2016
1592

«Muz-TV» telekanali direktorining bankdagi 600 ming yevrosini o‘g‘irlashdi

Moskvada talonchilar guruhi "Torgovyy Gorodskoy Bank"iga o‘g‘irlikka tushishdi. Ularning jabrlanuvchilaridan biri «Muz-TV» telekanali direktori Arman Davletyarov ekani ma'lum bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, uning bankdagi yacheykasidan 600 ming yevro miqdoridagi pul va taqinchoqlarni, shuningdek hujjatlarni olib ketishgan. Davletyarov bu talonchilik bo‘yicha politsiyaga murojaat qilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlariga, Arbat ko‘chasidagi ushbu bankning yana 2 mijozi o‘zlarining talangani bo‘yicha xabar qilishgan.

Bundan oldinroq, Moskvada banklarda talonchilik qilish bilan shug‘ullanayotgan jinoiy to‘da paydo bo‘lgani, ular "Torgovyy Gorodskoy Bank"dan tashqari, "Genbank" va "Obrazovaniye" bankiga ham tushishib, jami 2,5 mln yevrodan ortiq pulni o‘g‘rilashgani haqida xabar berilgandi. Ular "Torgovyy Gorodskoy Bank"dan 2 mln yevro olib ketishgan.

Top