22:53 / 30.03.2016
1595

O‘zbekistonlik taekvondochi Osiyo chempioni bo‘ldi

26 martdan 30 martgacha Olmaotada taekvondo bo‘yicha 8-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchi Bexruz Saidov 85 kg vazn toifasida barcha raqiblarini yutib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

Tullar (asosiy hujum va himoyalanish harakatlaridan tashkil topgan majmua) bo‘yicha Lazizxon G‘ulomov, Shaxzodbek Mustafoyev, Oleg Shegay, Igor Kim, Zarguna Axrorqulova bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Sport tadbirida 12 ta davlatdan 600 sportchi ishtirok etdi.

Top