Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pele o‘z obrazidan reklamada ruxsatsiz foydalangan Samsung kompaniyasini sudga berdi
Braziliyalik futbol afsonasi Pele Koreya elektronika bozori yetakchisi Samsung kompaniyasini o‘zining obrazidan reklama maqsadida noto‘g‘ri foydalangani uchun sudga berdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.
Xabar qilinishicha, kompaniyaning The New York Times nashri sahifasidagi televizor reklamasida Pelega o‘xshash bo‘lgan odamning «qaychi» uslubidagi zarbani ijro etgani tasvirlangan. Bu orqali kompaniya xuddiki Peleni tasvirlamoqchi bo‘lgan.
Pele kompaniyadan sud orqali kompaniyadan ko‘rgan ma'naviy zarari uchun 30 mln dollar undirib olishni rejalashtirgan.
Asl ismi Edson Arantis du Nasimentu bo‘lgan mashhur futbolchi Pele 1940 yilning 23 oktabrida Braziliyada tug‘ilgan. Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lgan. 1995 yillarda u Braziliya Yoshlar, turizm va sport vaziri lavozimida ishlagan. Undan tashqari sobiq futbolchi kinoaktyor, teletahrirchi, biznesmen va o‘zi yozgan qo‘shiqlarini kuylash bilan shug‘ullanandi.