Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbolchilardan o‘yin payti janjal chiqarishni so‘ragan murabbiy ishdan bo‘shatildi
Rossiya poytaxti Moskvadagi «Molniya» bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi Viktor Kubishkin, mintaqaviy chempionati doirasidagi «Spartak-2» jamoasiga qarshi uchrashuvda shogirdlaridan janjal uyushtirishni so‘ragani uchun lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda «360 Podmoskove» telekanali Moskva futbol federatsiyasi prezidenti (FFM) Sergey Anoxinga tayanib xabar tarqatdi.
Sport funktsioneri bergan ma'lumotga ko‘ra, murabbiyni chetlatish bo‘yicha Moskomsportning yig‘ilishi qaror qilingan. 31 mart kuni mahalliy futbol idorasi tartib-intizom qo‘mitasi Kubishkinni butun umrga futboldan chetlatish masalasini ko‘rib chiqadi.
Anoxinning aniqlik kiritishicha, mazkur voqealar tasvirlangan video 2016 yilda emas, 2014 yilda tasvirga tushirilgan. Videoyozuvda murabbiy shogirdlaridan janjal chiqara olishmayotganidan norozi bo‘lib aytgan gaplari o‘rin olgan.
Murabbiyning o‘zi esa mazkur voqealar nega oradan ikki yil o‘tib tarqalganiga hayron bo‘lib, o‘sha paytda tushkun holatda ekanini, biroq hammasidan afsusda ekanini bildirgan.