21:00 / 30.03.2016
3759

Samsung Galaxy A9 Pro Xitoyda sotuvga chiqarildi

Samsung Xitoy bozori uchun mo‘ljallab chiqargan yangi smartfon Galaxy A9 smartfonining yaxshilangan versiyasi Galaxy A9 Pro ekanligi ma'lum bo‘ldi. Smartfon 6 dyuymli, 1920x1080 pikselli Super AMOLED-displeyi, 1,8 GGts takt chastotasiga ega 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 652 protsessori, 4 Gb tezkor xotira va 32 Gb li ichki xotira bilan jihozlangan.

Qurilma, shuningdek, 5000 mA-soat sig‘imli akkumulyator, ikkita SIM-karta uchun raz'yom (slotlardan biri gibrid bo‘lib, microSD xotira kartasi bilan birgalikda ishlatilishi mumkin), 16 Mp li asosiy va 8 Mp li frontal kamera bilan jihozlangan. Smartfon Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimi va TouchWiz UI dasturi ostida ishlaydi.

Standart Galaxy A9 narxi o‘z vaqtida 487 dollarga yaqin baholangan. Yangi smartfon bir oz qimmatroq – 549 dollarga yaqin turadi. Smartfon pushti, pushti-tillarang va oq rangli korpuslarda taklif qilinadi.

Top