12:37 / 30.03.2016
1513

Shumaxer tyuning qildirgan «Mersedes» 300 ming yevroga baholandi

Classic Driver e'lonlar saytida qo‘yilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 1986 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz SL rusumli kupe savdoga qo‘yilgan.

Avtomobil Formula-1 poygalarining 7 karra chempioni Mixael Shumaxerga tegishli. U, Shumaxerning iltimosiga binoan, AMG atelesida qayta ishlangan. Sotuvchining ta'kidlashicha, ushbu avtomobil AMG jamoasi tomonidan yangi dvigatel o‘rnatilgan 3ta mashinadan biridir. Shumaxer buyurtmasiga ko‘ra, zavod tomonidan o‘rnatilgan 5,6-litrli 227 ot kuchiga ega V8 motori, 300 ot kuchidan ko‘proq quvvat beruvchi V6 agregatiga almashtirilgan.

Mashina restavratsiyasi bilan AMG ning sobiq injyeneri Pano Avramidis shug‘ullangan. Mashina to‘q ko‘k rangga qayta bo‘yalgan. Qo‘shimcha ravishda orqa o‘rindiqlar o‘rnatilgan va mashina saloni tikib chiqilgan. Uning qancha masofa yurgani ma'lum emas.

O‘tgan yilning dekabr oyida AMG tomonidan qayta ishlangan noyob Mercedes-Benz SEC kupesi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi. Uning original motori hajmi 5,6 litrdan olti litrgacha kuchaytirilgan va 385 ot kuchiga ega bo‘lgan. Avtomobil 1989 yili ishlab chiqilgan, o‘shanda AMG firmasi “Mersedes Bents” tarkibiga kirmas va ushbu kompaniya mahsulotlariga mustaqil ravishda o‘zgartirish kiritar edi.

2016 yil yanvarida Mercedes-Benz SEC, Arizona shtatida bo‘lib o‘tgan RM Sotheby's auksionida 154 ming dollarga sotilgan. 1990-yillar boshida kupeni 200 ming dollarlarga xarid qilish mumkin edi.

Top