Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suzish bo‘yicha Sloveniyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchilar 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Sloveniyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda 5 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
Yigirmaga yaqin davlatdan to‘rt yuzga yaqin sportchi ishtirok etgan turnirning 100 va 200 metrga erkin usulda suzish bahslarida Xurshid Tursunov marraga birinchi kelib, ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi. 50 va 100 metrga brass usulda suzish bahslarida qatnashgan Vladislav Mustafin ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Kompleks usulda suzish bahslarida Aleksey Derlyugov 400 metr masofada birinchi, 200 metr masofada ikkinchi bo‘ldi. Daniil Tulupov 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha kumush, 100 metrga erkin suzishda bronza medal bilan taqdirlandi.
Umidli sportchilardan Nurullo G‘ulomqodirov 200 metrga batterflyay usulda suzishda ikkinchi, Aleksey Tarasenko 200 metrga erkin usulda suzishda uchinchi o‘rinni egalladi.