23:59 / 30.03.2016
1363

Top Gear ko‘rsatuvining Qozog‘istondagi suratga olish ishlari barbod bo‘ldi

Avtomobillar haqidagi mashhur ko‘rsatuv Top Gear’ning Qozog‘istondagi suratga olish ishlari barbod bo‘lgani 500 ming funt sterlingga721 ming dollarga) aylandi. Bu haqda The Sun gazetasi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, "Aeroflot" tomonidan Qozog‘istonga muntazam reyslarning to‘xtatilishi sabab shou boshlovchilari Rori Rid, Sabina Shmits va Eddi Jordan hamda 40 kishidan iborat texnik guruhning Moskvadan Qozog‘istonga safari amalga oshmadi. "Bu Top Gear aybi bilan bo‘lmadi. Aviatashuvchi ularga Moskvadan Qozog‘istonga uchishga imkon bermadi va shuning uchun ular Londonga qaytdilar", deb ma'lum qilindi.

"Aeroflot" 26 martdan Qozog‘istonga muntazam reyslarning amalga oshirilishi to‘xtatilishini e'lon qilgandi. Bunga Qozog‘iston tomondan yozgi jadval bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjatlarning taqdim qilinmagani sabab bo‘lgan. Biroq keyingi kun – 27 martdan Rossiya aviakompaniyasi kerakli hujjatlarni olgandan keyin parvozlarni yana davom ettira boshlagan.

Top