Jamiyat | 22:25 / 30.03.2016
2330
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Botir Zokirovning 80 yillik yubileyi keng nishonlanadi

18-26 aprelda Bonum Factum galereyasida afsonaviy o‘zbek xonandasi Botir Zokirov tavalludining 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Gazeta.uz" nashriga galereyada ma'lum qilindi.

Yubiley tadbirlari Botir Zokirovning o‘g‘li Bahodir Zokirovning "Meros" deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi bilan ochiladi. Tadbirda "Karavan" guruhi ijrosida uning musiqasiga yozilgan qo‘shiqlar yangraydi.

21 aprelda "Sato" guruhining musiqiy kechasi bo‘lib o‘tadi, unda Bahodir Zokirovning "To‘lqincha" filmiga variatsiyalar ijro etiladi. 24 aprelda esa Marat Shunqor guruhining musiqiy kechasi bo‘lib o‘tadi.

26 aprelda – Botir Zokirov tavallud topgan kunda qo‘shiqchining 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xotira kechasida O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov rahbarligi ostidagi Botir Zokirov nomidagi etnojaz-orkestr ishtirok etadi. Shuningdek, ushbu kechada marhum qo‘shiqchi haqidagi "Botir Zokirov" deb nomlangan film taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Filmga qo‘shiqchining o‘g‘li Bahodir Zokirov rejissyorlik qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish