Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatirchi tumani markaziy shifoxonasining bolalar bo‘limi yangi binoda ish boshladi
Navoiy viloyati Xatirchi tumani markaziy shifoxonasining bolalar bo‘limi yangi binoda ish boshladi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
2015 yilda Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash muassasalarida 19 milliard so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Qiziltepa, Karmana va Xatirchi tumanlari tibbiyot birlashmalari, Navoiy shahridagi 4-oilaviy poliklinika, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, bir necha dispanserlar zamonaviy jihozlandi.
– 2015 yilda muassasaning yuqumli kasalliklar va 100 o‘rinli tug‘ruq bo‘limi to‘liq rekonstruksiya qilindi, – deydi Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shuhrat Bobomurodov. – Joriy yilda barpo etilgan 55 o‘rinli bolalar bo‘limi ona va bola salomatligini mustahkamlashda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Zarur jihozlar bilan ta'minlangan bo‘limda bolalardagi turli xastaliklarni erta aniqlash va davolash uchun barcha imkoniyatlar mavjud.