Jamiyat | 15:55 / 30.03.2016
5913
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik qarimas juftlik: vampirlar afsonasi rostmi?

Xitoyning Chendu shahrida noodatiy oila yashaydi. Er-xotin qirqqa yaqinlashib qolgan bo‘lsa-da, hanuz yosh va navqiron ko‘rinishadi. Ularni ko‘rishingiz bilan juftlik huddi yoshlik eliksiri manbaini qabul qilgandek tuyuladi. Ba'zan ular vaqtni aldashga muvaffaq bo‘lib, endi hech qachon qarimaydigandek taasurot uyg‘otishadi. 

Shu vaqtgacha, insonlar bu kabi hodisa faqatgina “Zulmat ostidagi muhabbat” yoki “Alpinist” filmlarida bo‘ladi, deb o‘ylashgan. Biroq bu juftlik oddiy hayotda ham shunday qarimaydigan insonlar borligini isbotlab berishdi. Balki... ular chindan ham vampirlardir?

Birinchi shov-shuvga quyidagi surat sababchi bo‘ldi. Ilk bor qaraganingizda, bu yerda huddi ona o‘z farzandalari bilan turgandek tuyuladi. Biroq aslida suratda o‘z ota-onasi va buvisi bilan turgan qizni ko‘rish mumkin.

Bu fotosurat 18 yil avval olingan bo‘lib, unda ota jajji qizchasi bilan o‘ynayotgani aks ettirilgan. 

Endi qizaloq ulg‘aydi, lekin uning otasi hanuz yosh va ko‘rkam.

Kim suratdagi kishini 47 yosh deb o‘ylashi mumkin...

Bu oilani tanimagan kishilar otani qizning sevgan yigiti, deb o‘ylashi mumkin.

68 yoshli buvi va 46 yoshni qarshilagan ona ham o‘z tengdoshlariga nisbatan a'lo ko‘rinishda.  

Qiz va onani esa ko‘pchilik opa-singil yoki dugona deb o‘ylashi tabiiy.

Ha, bu er va xotin oilasi abadiy yoshlik sirini topganga o‘xshaydi.