Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada birgina maktab o‘quvchisi uchun faoliyat ko‘rsatayotgan temir yo‘l stansiyasi yopildi
Mart oyning oxirida Yaponiyadagi Kyu-Sirataki temir yo‘l stansiyasining tantanali yopilish marosimi bo‘ldi, bu stansiya birgina yo‘lovchi qizni maktabga tashish uchun xizmat qilishi bilan tanilgandi.
RocketNews24 muharriri yopilish marosimiga yo‘l oldi va u yerda mahalliy aholidan tashqari bir necha matbuot vakillari kelganligining guvohi bo‘ldi. Temir yo‘l xodimlari yig‘ilganlarni maxsus palatkada mehmon qilishdi.
Oxirgi poyezd kelishidan oldin jurnalist stansiyaning o‘zini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. U yerda bitta lampochka bilan yoritilgan kichkinagina yog‘och uycha hamda "Kyu-Sirataki stansiyasi, 69 yil, rahmat" deb yozilgan bannerni ko‘rish mumkin.
Jadvalga ko‘ra, poyezd bu stansiyada kuniga to‘rt marta to‘xtagan.

Kyu-Sirataki bilan birga shu liniyadagi yana ikkita temir yo‘l stansiyasi yopilgan. Ulardan biri 84 yil, boshqasi esa 87 yil faoliyat ko‘rsatgan.
Xokkaydo orolidagi OAV tufayli nom qozongan mitti stansiya o‘quvchi qiz uchungina yopilmay, avval boshda ko‘zlanganidan uch yil ortiq xizmat qildi.




