O‘zbekiston | 16:31 / 31.03.2016
2876
1 daqiqa o‘qiladi
Internetda Toshkent metrosining yangilangan poyezdlari surati paydo bo‘ldi
Ijtimoiy tamoqlarda 1 apreldan boshlab Toshkent metrosining O‘zbekiston yo‘nalishida harakatlanuvchi yangilangan poyezd tarkibi suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” nashri xabar bermoqda.
Ta'mirlangan poyezdning old qismi, mashinist xonasi va salon qismi yangilangan. Poyezd oq-ko‘k va ingichka qizil chiziqli ranglar uyg‘unligida bo‘yalgan. Poyezdning ta'mirlash ishlari Toshkentdagi yo‘lovchi poyezdlarini qurish va ta'mirlash zavodida olib borildi.
Yangilangan poyezd O‘zbekiston yo‘nalishida sinov harakatlarini olib borilayotgan bir paytda suratga tushirilgan.